Yangiliklar

Jahon banki qashshoq mamlakatlardagi inqiroz haqida ogohlantirdi

Qarzlar tufayli
Foto: h3k27 / depositphotos.com

Rivojlanayotgan mamlakatlarning tashqi qarz toʻlovlari foiz stavkalarining keskin oshishi tufayli rekord darajaga yetdi. Dunyoning eng qashshoq hududlarida keng ko‘lamli inqiroz boshlanishi mumkin, deb yozadi The Guardian Jahon banki ma’lumotlariga tayanib.

Nashrda Jahon banki bosh iqtisodchisi Indermit Gillning so‘zlaridan iqtibos keltirgan holda, «Rekord darajadagi qarzlar va yuqori foiz stavkalari ko‘plab mamlakatlarni inqiroz yo‘liga solib qo‘ydi».

Tashkilot hisob-kitoblariga ko‘ra, 2022-yilda barcha rivojlanayotgan mamlakatlarning tashqi qarzlari bo‘yicha to‘lovlar 443,5 mlrd dollarni tashkil etgan bo‘lib, so‘nggi 40-yil ichida dunyoda foiz stavkalarining eng ko‘p o‘sishi hisobiga shunday ta’sirchan hajmga yetgan.

Rivojlanayotgan mamlakatlarning tashqi qarzlariga xizmat ko‘rsatish xarajatlari davlatlarning sog‘liqni saqlash va fuqarolarning ta’limiga, shuningdek, iqlim inqiroziga qarshi kurashga kamroq va kamroq pul sarflashiga olib keladi. Jahon banki dunyoning eng qashshoq mintaqalarida inqirozining oldini olish uchun shoshilinch choralar ko‘rishga chaqirdi.

«Vaziyat qarzdor mamlakatlar hukumatlari, xususiy va rasmiy kreditorlar hamda moliya institutlari tomonidan tezkor va muvofiqlashtirilgan harakatlarni talab qiladi. Qarz barqarorligini ta’minlash uchun yaxshi vositalar va tezroq qayta tuzilish mexanizmlari talab qilinadi va ko‘proq shaffoflik talab etiladi. Muqobil yana yo‘qotilgan o‘n yildir», — deyishdi bank vakillari.

Oxirgi uch yil ichida rivojlanayotgan o‘nta davlatda 18 ta defolt qayd etilgan. Bu avvalgi 20-yildagidan ko‘pdir. Hozirda 75 davlat qarz muammosiga duch kelmoqda.

Avvalroq, «Kursiv» Jahon banki iqlim o’zgarishiga qarshi kurashish uchun har yili 40 mlrd dollardan ortiq mablag’ ajratishni rejalashtirayotganini haqida e’lon bergan edi.