Markaziy bank Lombard Magic Crown litsenziyasini bekor qildi
eʼlon qilindi
Respublika qonunlarini buzganlik uchun
Markaziy bank Lombard Magic Crown litsenziyasini O‘zbekiston qonunchiligi va me’yoriy-huquqiy hujjatlarni buzgani uchun bekor qildi, deb xabar qildi regulyator matbuot xizmati.
Lombard Magic Crown Jizzax viloyatida ro‘yxatdan o‘tgan, kompaniya rahbari — Bobur Mahmudov.
Lombardning ustav kapitali 1,4 milliard so‘mni tashkil etadi. Kompaniya ta’sischilari – Sunat Ahmedjonov (79,60%) va Go’zal Egamova (20,40%).
Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekiston Markaziy banki nazorat choralari natijalariga ko‘ra 16 ta bankni jarimaga tortgani haqida yozgan edi.