Yaman hutiylari G‘azo sektoridagi vaziyatga norozilik bildirish maqsadida Norvegiyaning tijorat tankerini o‘qqa tutgach, jahon bozorida neft narxi ko‘tarildi, deb xabar bermoqda Reuters.
Shunday qilib, Brent narxi 1,4% oshdi: bu markadagi neftning bir barreli hozirda 74,26 dollar turadi. West Texas Intermediate (WTI) 1,3% oshib, barreliga 69,47 dollarni tashkil qildi.
11-dekabr kuni Qizil dengizda Norvegiya kompaniyasining tijorat tankeri o‘qqa tutildi. Shundan so’ng investorlar transport xavfsizligidan qo‘rqishni boshladilar.
Agentlik ma‘lumotlariga ko‘ra, xom-ashyo narxiga Amerika omborlaridan neftning kutilganidan ko‘proq hajmda olib qo‘yilishi ham ta’sir ko‘rsatdi. O‘tgan haftada bu ko‘rsatkich 4,3 mln barrelni tashkil qilgan edi.
Avvalroq, «Kursiv» noyabr va dekabr oyining boshlarida neft narxi, aksincha, uzoq vaqt davomida pasaygan, deb e’lon qilgan edi.