O‘zbekiston Markaziy banki asosiy stavkani 14 foiz darajasida saqlanib qoldi
Oʻzbekiston Markaziy banki 14-dekabr kuni boʻlib oʻtgan yigʻilishda asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida qoldirish toʻgʻrisida qaror qabul qildi, deb xabar qildi regulyator matbuot xizmati.
Markaziy bank o‘z qarorini quyidagicha izohladi: «Iqtisodiyotda inflyatsion jarayonlarning sekinlashib borishiga qaramasdan, ushbu tendensiyaning davomiyligi bo‘yicha noaniqliklar saqlanib qolmoqda.Yuqori yalpi talab sharoitida inflyatsiyani 2025 yilda 5 foizlik target darajasigacha pasaytirish vazifasi nisbatan qatʼiy pul-kredit sharoitlarini davom ettirishni taqozo etmoqda».
O‘zbekistonda asosiy stavka faqat mart oyida 15 foizdan 14 foizga kamaydi. Boshqa hollarda, regulyator foizni o’zgartirishga jur’at eta olmadi. Buning turli sabablari bor edi. Ulardan biri inflyatsiya va inflyatsiya kutilmalarining tezlashishi.
Respublikada asosiy stavka oxirgi marta 2017 yilda 14 foizdan past bo‘lgan edi. O’sha yilning 28 iyunidan boshlab u 9 foizdan 14 foizga oshdi.
Joriy yilda Markaziy bank oxirgi marta asosiy stavka masalasini ko‘rib chiqdi. Ushbu masala bo’yicha navbatdagi yig’ilish 2024-yil 25 yanvarda bo’lib o’tadi.