O‘zbekistonning eng katta archasi qayerga o‘rnatiladi

eʼlon qilindi
Bu haqda Toshkent hokimligi ma’lum qildi
Foto: Piqsels

Yangi yil arafasida O‘zbekistonning bosh archasi Toshkent shahrining Yunusobod tumanidagi Navoiy ko‘chasida o‘rnatiladi, deb xabar berdi poytaxt hokimligi.

Poytaxt aholisi va mehmonlari soat 11:00 dan 23:00 gacha 28 dekabrdan 8 yanvarga qadar Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasi yonidagi archani ko‘rishsa bo‘ladi.

Bundan tashqari, mahalliy hokimiyat Toshkent shahridagi bo‘shqa yangi yil archalari o‘rnatiladigan manzillarni ham ma’lum qildi:

— Bektemir tumanidagi «Food City» majmuasi (28 dekabrdan 5 yanvarga qadar soat 13:00 dan 19:00 gacha);

— Mirobod tumanidagi Furqat istirohat bog‘i (28 dekabrdan 5 yanvarga qadar soat 13:00 dan 19:00 gacha);

— Mirzo Ulug‘bek tumanidagi markaziy bog‘i (27 dekabrdan 8 yanvarga qadar soat 11:00 dan 22:00 gacha);

— Mirzo Ulug‘bek tumanidagi «Yangi O‘zbekiston» bog‘i (27 dekabrdan 8 yanvarga qadar soat 13:00 dan 19:00 gacha);

— Mirzo-Ulug‘bek tumanidagi «Lokomotiv» bog‘i (28 dekabrdan 5 yanvarga qadar, soat 13:00 dan 19:00 gacha);

— Sergeli tumani markaziy bog‘i (28 dekabrdan 5 yanvarga qadar, soat 13:00 dan 19:00 gacha);

— Olmazor tumanidagi talabalar shaharchasi (28 dekabrdan 5 yanvarga qadar soat 13:00 dan 19:00 gacha);

— Shayxontohur tumanidagi «Anhor Lokomotiv» bog‘i (27 dekabrdan 8 yanvarga qadar soat 11:00 dan 22:00 gacha);

— Shayxontohur tumanidagi «Tashkent City» bog‘i (27-dekabrdan 8-yanvarga qadar, soat 11:00 dan 22:00 gacha);

— Uchtepa tumanidagi «Seul» ekoparki (28 dekabrdan 5 yanvarga qadar soat 13:00 dan 19:00 gacha);

— Chilonzor tumanidagi G‘afur G‘ulom nomidagi bog‘i (27 dekabrdan 8 yanvarga qadar soat 11:00 dan 22:00 gacha);

— Chilonzor tumanidagi Humo Arena muz saroyi hududi (27 dekabrdan 8 yanvargacha soat 11:00 dan 22:00 gacha);

— Chilonzor tumanidagi Magic City bog‘i (27 dekabrdan 8 yanvarga qadar soat 11:00 dan 22:00 gacha);

— Yakkasaroy tumanidagi Next savdo majmuasi (28 dekabrdan 5 yanvarga qadar soat 13:00 dan 19:00 gacha);

— Yashnobod tumanidagi Aviasozlar saroyi oldidagi maydon (28 dekabrdan 5 yanvarga qadar soat 13:00 dan 19:00 gacha);

— Yashnobod tumanidagi Ashxobod bog‘i (27 dekabrdan 8 yanvarga qadar soat 11:00 dan 20:00 gacha);

— Yangixayot tumanidagi Indeks savdo majmuasi (28 dekabrdan 5 yanvarga qadar soat 13:00 dan 19:00 gacha).

Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekiston Bosh prokuraturasi yangi yil oldidan narxlarning asossiz oshirilishiga chek qo‘yishi haqida yozgan edi.

Shuningdek