Yangiliklar

Paxtakorlar klasterlar bilan fyuchers shartnomalarini tuzishlari mumkin bo‘ladi

Qarorni O‘zbekiston prezidenti imzoladi
Foto: Depositphotos

Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev «Qishloq xo‘jaligida erkin bozor munosabatlarini yana-da rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonni imzoladi.

Fermerlar savdo natijalariga ko‘ra klasterlarga paxta yetkazib berish bo‘yicha fyuchers shartnomalarini tuzishlari mumkin bo‘ladi. Ushbu chora kelgusi yil hosili uchun qo‘llaniladi.

Fyuchers shartnomalarini tuzgan fermer va urug‘chilarga paxta yetishtirish uchun yillik 10% – uning qiymatining 60%, 14 oy muddatga kredit beriladi.

Klasterlar ijaraga olingan yerlarda paxta yetishtirishda o‘n oylik muddatga – xom-ashyo qiymatining 80%gacha kredit olishlari mumkin.

Boshqa yangiliklar qatoriga kelasi yil boshidan klasterlarda moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini joriy etish kiradi.

2024-yil may oyining boshiga qadar respublikada qabul qilingan va ishlab chiqarilgan paxta tolasini onlayn hisobga olish tizimi joriy etiladi.

Avvalroq, «Kursiv» paxta hosili past bo‘lgan hududlar import urug‘ini sotib olishi mumkinligini yozgan edi.

Yana yangi va tezkor yangiliklar telegram kanalimizda –>