Yangiliklar

Red Wings samolyoti yomon ob-havo tufayli Maxachqal’adan Namanganga ucha olmadi

Samolyot Farg‘onadagi muqobil aerodromga parvoz qildi
Foto: UzAirports

Maxachqal’a-Namangan yo‘nalishi bo‘yicha parvoz qilayotgan Red Wings aviakompaniyasining samolyoti noqulay ob-havo sharoiti tufayli Farg‘onadagi muqobil aerodromga jo‘nab ketishga majbur bo‘ldi.

Toshkent vaqti bilan soat 10:21 da bortida 76 nafar yo‘lovchi bo‘lgan samolyot Farg‘onaga qo‘ndi. Barcha yo‘lovchilar yer usti transportida Namangan aeroportiga yetkaziladi.

Namangan – Maxachqal’a yo‘nalishi bo‘yicha ortga qaytish ham Farg‘ona aeroportidan amalga oshiriladi. Namanganlik yo‘lovchilar kerakli aerodromga yetkaziladi.

Avvalroq, «Kursiv» Farg‘ona aeroportida samolyotlarning qo‘nish tizimi takomillashtirilgani, bu hatto yomon ob-havo sharoitida ham kemalarning qo‘nishiga yordam berishi haqida xabar berilgan edi.