Toshkent viloyatida ko‘kat ostida pirotexnika vositalarini olib kirilishiga chek qoyildi
eʼlon qilindi
Musodara qilingan yukning qiymati 200 million so‘mga baholandi
Toshkent viloyatida «KIA» rusumli yuk mashinasi haydovchisi qo‘lga olindi. U ko‘kat ostida hududga pirotexnika vositalarini olib kirishga uringan, deb xabar berdi Poytaxt viloyati bojxona boshqarmasi.
Tekshiruv davomida pirotexnika vositalari xorijda ishlab chiqarilgani va yuk O‘zbekistonga noqonuniy olib kirilgani ma’lum bo‘ldi.
Yuk mashinasidan jami 86 ming o‘ram pirotexnika vositalari bo‘lgan to‘qqiz quti topildi. Musodara qilingan tovarlarning qiymati 200 million so‘mdan oshdi.
Avvalroq, «Kursiv» turp ortilgan yuk mashinasida Toshkentga 460 ming dona petarda va salyut olib kirishga noqonuniy olib kirilishiga chek qoyilgani haqida yozgan edi.