2024-yilda O‘zbekistonda elektromobillar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda. Loyiha 14-dekabr kuni mamlakat prezidenti Shavkat Mirziyoyevga taqdim etilgan edi.
Kompaniya yiliga 10 mingta elektromobil ishlab chiqaradi.
Mirziyoyev shuningdek, bunday mashinalar uchun ehtiyot qismlar ishlab chiqarishni tashkil etish boʻyicha topshiriq berdi.
Avvalroq, «Kursiv» Toshkent viloyatida Geely elektromobillarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilishi mumkinligi xabar qilingandi.