Dollarning kursi 12 370 so‘mdan yuqoriga ko‘tarildi
eʼlon qilindi
Uning qiymati deyarli 20 so‘mga oshdi
15-dekabr kuni O‘zbekiston Markaziy Banki dollarning kursini 12 377,49 so‘m darajasida belgiladi. Mamlakatning valyuta birjasida uning o‘rtacha tortilgan qiymati 19,46 so‘mga ko‘tarildi.
Bugun respublikaning tijorat banklari AQSh valyutasini 12 295 – 12 350 so‘mdan xarid qilishmoqda va 12 370 – 12 435 so‘mdan sotishmoqda.
Avvalroq, «Kursiv» 14-dekabr kuni dollarning kursi 8,97 so‘mga pasaygani haqida yozgan edi.