Yangiliklar

Eron O‘zbekiston uchun vizasiz rejim joriy qildi

Eron Madaniyat vazirligi tashabbusi Vazirlar Mahkamasi tomonidan ma’qullandi
Foto: Depositphotos

Eron hukumati 33 davlat, jumladan, O‘zbekiston uchun viza rejimini bekor qilishni ma’qulladi, deb xabar berdi Adventure Iran portali. Ro‘yxatga Qirg‘iziston, Tojikiston, Belarus va Rossiya Federatsiyasi ham kiritilgan.

Ushbu qaror tashabbuskori Madaniy meros, turizm va hunarmandchilik vazirligi edi. Eron Vazirlar Mahkamasi bu qaror xalqaro hamjamiyat bilan aloqalarni mustahkamlashini kutmoqda.

Bundan tashqari, vizani bekor qilish hukumatning Eronni xalqaro sayyohlar uchun jozibador va qulay manzil sifatida joylashtirishga qaratilgan harakatlariga mos keladi.

O‘zbekiston Respublikasi Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilning yanvar-oktabr oylari yakunlariga ko‘ra, 632 nafar o‘zbekistonlik Eronga tashrif buyurgan. Asosiy qismi – 438 nafari ushbu mamlakatga dam olish uchun kelgan, qarindoshlarinikiga tashrif buyurgan – 64 nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi.

Avvalroq, «Kursiv» o‘zbekistonlik yosh olimlar Eronga amaliyot o‘tash uchun yuborilishi haqida yozgan edi.