O‘zbekiston Milliy bog‘ida mamlakatdagi eng yirik ochiq muz konki maydoni ochiladi, deb xabar berdi O‘zA.
1 ming kvadrat metrdan ortiq maydonni egallagan muz maydoni 200 dan ortiq odamni sig‘dira oladi. Bundan tashqari, bolalar uchun alohida o‘yin maydonchasi quriladi: u yerda ular ota-onalari nazorati ostida konkida uchishlari mumkin bo‘ladi.
Muz ustida turishni endigina o’rganayotganlar uchun bepul pingvin shaklidagi yordamchi stendlar taqdim etiladi.
Konki maydonchasi perimetri bo‘ylab 16 ta kiosk, kafe va restoranlar ishlaydi.
Konki maydoni 16-dekabrdan boshlab mehmonlar uchun eshiklarini ochadi. Rasmiy ochilish marosimi 17 dekabrga belgilangan.
Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekistonning eng katta archasi qayerga o‘rnatiladi, deb xabar bergan edi.