“O‘zbekekspertiza” Savdo-sanoat palatasi tizimiga o‘tadi
Yigʻilishda Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi faoliyatini qayta ko‘rib chiqish, shuningdek, ishlab chiqarish, eksport qilish va hududlardagi sanoat zonalari faoliyatiga oid ayrim vazifalarni Savdo-sanoat palatasi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatasiga topshirish zarurligini ta’kidladi.
Endi ishlab chiqarish va eksport vazifalari tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlovchi kompaniyalarga o‘tkaziladi. Shuningdek, Investitsiyalar vazirligining viloyat va tuman bo‘limlari tugatilib, ularning vazifalari bilan Savdo-sanoat palatasi vakillari shug‘ullanadi. Shuningdek, «Oʻzbekekspertiza» Savdo-sanoat palatasi tizimiga o‘tkaziladi.
Ishlab chiqarish, eksport va brendlar uchun grantlar, subsidiyalar va boshqa imtiyozlar palata orqali ochiq va shaffof tarzda egasiga taqdim etiladigan tizim joriy etiladi.