Yangiliklar

O‘zbekiston Markaziy banki dollar kursini 9,19 so‘mga ko‘tardi

Uning qiymati 12 386,68 so‘mni tashkil qildi
Foto: Precondo / Pixabay

18-dekabr kuni O‘zbekiston Markaziy banki dollar kursini 9,19 so‘mga ko‘tardi. Bugun Davlat valyuta birjasida uning o‘rtacha tortilgan qiymati 12 386,68 so‘mni tashkil qildi.

Mamlakatning banklari AQSh valyutasini 12 315 – 12 380 so‘mdan xarid qilishmoqda va 12 400 – 12 450 so‘mdan sotishmoqda.

Avvalroq, «Kursiv» 15-dekabr kuni dollarni qiymati deyarli 20 so‘mga ko‘tarilgani haqida yozgan edi.