Butunjahon antidoping agentligi (WADA) o‘zbekistonlik sportchi Sitora Hamidovani musobaqadan vaqtincha chetlatgan. Sportchi taqiqlangan moddalar: dehidroxlormetil testosteron, geptaminol, oktodrinni o‘z ichiga olgan kokteylni iste’mol qilganlikda gumon qilinmoqda.
Sitora Hamidova o‘rta va uzoq masofalarga yugurish va marafon poygalarida ham qatnashadi.
2015-yilda 10 000 metrga yugurish bo‘yicha O‘zbekiston chempionligini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 2016-yilda kross bo‘yicha mamlakat chempionatida g‘olib chiqdi.
Chetlatish yuzasidan Sport arbitraj sudiga shikoyat qilish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, WADA sentabr oyida O‘zbekistonga tashkilot kodeksiga nomuvofiqlik tufayli to‘rt oy ichida antidoping dasturiga o‘zgartirishlar kiritishni buyurgan edi.