Samarqandda noqonuniy mayning-fermaga chek qo‘yildi
eʼlon qilindi
Mebel sexi nomi ostida faoliyat ko‘rsatgan
«Oʻzenergoinspeksiya» xodimlari Samarqand shahrida mebel sexi nomi ostida ishlayotgan mayning-ferma aniqladi, deb xabar qildi Oʻzbekiston Energetika vazirligi.
Vazirlik ma’lumotlariga koʻra, mayning-ferma tomonidan davlatga qariyb 9 mlrd 852 mln soʻm zarar yetkazilgan.
Tekshiruv davomida to‘plangan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga o‘tkazildi.
Avvalroq, «Kursiv» yil boshidan buyon O‘zbekistonda 26 ta mayning-ferma aniqlangani haqida yozgan edi. Jami zarar 58,2 mlrd so‘mni tashkil etdi. 26 mln kVt o‘g‘irlangan.