Yangiliklar

Shamollashning kuchayishi Xitoyda donor qoni tanqisligiga olib keldi

Muammo operatsiya jadvaliga ta'sir qilishi mumkin
Foto: Reuters

Xitoy tibbiyot muassasalari donor qoni tanqisligiga duch kelmoqda. Vaziyat bir necha sabablarga ko‘ra yuzaga kelgan: respirator infektsiyalar bilan kasallanishning ko‘payishi, sovuq havo va qon topshirishni xohlaydiganlar sonining kamayishi, South China Morning Post xabariga ko‘ra.

Muammo mavjudligini Xitoyning bir qancha yirik provinsiyalari rasmiylari e’lon qilishdi. Bularga Xenan, Shandun, Fujian, Xubey va Shansi kiradi. Mahalliy Qizil Xoch jamiyati bu borada shoshilinch bayonot berdi.

Rasmiylar va tibbiyot hamjamiyati aholini qon topshirishga chaqirmoqda, chunki tanqislik jarrohlik jadvallariga tahdid solmoqda.

Nashrning qayd etishicha, Xitoy ham COVID-19 pandemiyasi davrida donor qoni tanqisligi muammosiga duch kelgan.

«Kursiv» yozishicha, Xitoy rasmiylariga ko‘ra, mamlakatda yuqumli kasalliklarning ko‘payishi yangi virusning tarqalishi bilan bog‘liq emas.