Shimoliy Koreya Yapon dengizi tomon raketa uchirdi
eʼlon qilindi
Dushanbaga o‘tar kechasi
Koreya Xalq Demokratik Respublikasi (KXDR) dushanbaga o‘tar kechasi Yapon dengizi tomon ballistik raketa uchirdi. Bu Janubiy Koreya va Yaponiyada kuzatilgan, deb yozadi «Kommersant» mahalliy OAVga tayanib.
Uzoq masofaga uchuvchi raketa Toshkent vaqti bilan 4:24 da uchirilgan. U Yaponiyaning iqtisodiy zonasidan yiroqda tushishi kutilmoqda.
Shimoliy Koreya muntazam ravishda Yapon dengizi tomon raketa uchirmoqda. «Kursiv» yozishicha, avgust oyi oxirida KXDR Janubiy Koreyaga yadro zarbasini taqlid qilgan. Sentabr oyi oxirida mamlakat konstitutsiyada yadroviy maqomini mustahkamladi.