Afg‘oniston O‘zbekiston bilan chegara belgilarini yangilashni rejalashtirmoqda, dedi Afg‘oniston Chegara va qabila ishlari vazirligi matbuot kotibi Hamdulla Fitrat TOLOnews’ga.
U shuningdek, bugungi kunda Tolibon Eron bilan chegara belgilarining qariyb 15% yangilaganini ta’kidladi.
«Tojikiston bilan bizda yangilanishi kerak boʻlgan ayrim hududlar bor. Umuman, chegara hududlarini belgilash ustida ishlayapmiz», – dedi Fitrat.
Eslatib oʻtamiz, Afgʻoniston-Oʻzbekiston chegarasining uzunligi 144 km. Ikki davlat oʻrtasidagi chegara Amudaryo boʻylab oʻtadi.
Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekiston Afg‘oniston temir yo‘lini ta’mirlashini e’lon qilgan edi.