Toshkentda yil boshidan buyon avtobuslar ishtirokidagi yo‘l transport hodisalarini sanab chiqildi
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                    
                                    
                
                                    
                
                                    
                        Ularning 34 tasi haydovchilarning aybi bilan sodir bo‘lgan
                    
                            
Joriy yilning 11 oyida Toshkent shahrida avtobuslar ishtirokida 94 ta YTH sodir bo‘ldi, deb xabar berdi «Toshshahartransxizmat».
Ularning 34 holatida avtobus haydovchisining aybi bilan YTH yuzaga kelgan.
«Toshshahartransxizmat» haydovchilarni yo‘lovchilarga nisbatan xushmuomala bo‘lishga, yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishga chaqirdi.
Bundan tashqari, korxonada taʼkidlanishicha, yil boshidan 11 nafar haydovchilar pul mukofotlari va faxriy yorliqlar bilan taqdirlangan.
Avvalroq «Kursiv» 6 dekabr kuni Toshkentda Xitoyning yangi King Long avtobuslari harakatlana boshlagani haqida yozgan edi.
