Umida Omonova shaxmatning blits bo‘yicha Osiyo chempioni bo‘ldi
eʼlon qilindi
Musobaqada 41 davlatdan 650 nafar shaxmatchi ishtirok etmoqda
Ayni kunlarda BAAning Al-Ayn shahrida shaxmat bo‘yicha yoshlar va o‘smirlar o‘rtasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda.
Umida Omonova 14 davlatdan 31 nafar ishtirokchi o‘rtasida 9-turda 8,5 ochko jamg‘arib, G-18 guruhida g‘olib chiqdi.
Musobaqada 41 davlatdan 650 nafar shaxmatchi ishtirok etmoqda. O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Umida Omonova blits yo‘nalishida 1-o‘rinni egalladi.
Yana bir hamyurtimiz Davron Sharipov 2-o‘rinni, Malikaxon Jumaeva va Xusnoraxon Xusnitdinova 3-o‘rinni egalladi.
Avvalroq, «Kursiv» Nodirbek Abdusattorov Champions Chess Tour Finals 2023 da uchinchi o‘rinni egalladi, deb xabar bergan edi.