Yangiliklar

Korrupsiyaga qarshi kurashishdek murakkab jarayonlarda eng oldingi saflarda borayotgan ommaviy axborot vositalarining o‘rnini alohida qadrlaymiz – Shavkat Mirziyoyev

Prezident bu borada Global media-forum o‘tkazishni taklif qildi
Foto: Prezident matbuot-xizmati

Shavkat Mirziyoyev Xalqaro mukofotlarni topshirish marosimida so‘zlagan nutqida O‘zbekiston korrupsiyaga qarshi qanday kurashayotgani haqida gapirib, korrupsiyaga qarshi kurashda ommaviy axborot vositalarining rolini yuqori baholadi.

«Bizning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha jurnalistlar imkoniyatlaridan unumli foydalanish va ular ta’sirini yanada oshirish uchun Global media forumni o‘tkazish taklifimizni sizlar qo‘llab-quvvatlaysiz, deb ishonamiz», — dedi prezident.

Davlat rahbari O‘zRda korrupsiyani kamaytirish bo‘yicha qanday ishlar amalga oshirilgani va qilinishi kerak bo‘lgan ishlar haqida ham to‘xtaldi.

Jumladan, korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi farmon qabul qilinib, tegishli idora tuzildi. Hukumatni yanada ochiq qilish uchun davlat xizmatlari soddalashtiriladi va byurokratiya kamayadi.

So‘nggi bir necha yil ichida O‘zR Transparency International reytingida 42 pog‘onaga ko‘tarildi (korruptsiyani idrok etish indeksi asosidagi davlatlar ro‘yxati), 2030-yilga borib esa yana 50 pog‘onaga ko‘tarilish rejalashtirilmoqda.

Prezident yaqin istiqboldagi rejalar qatorida Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish, korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha mintaqaviy tadqiqot markazini tashkil etish, shu masalaga bag‘ishlangan Global media-forum o‘tkazishni ham aytib o‘tdi.

Avvalroq, «Kursiv» Shavkat Mirziyoyev va Qatar Amiri Toshkent shahridagi haykalning ochilish marosimida ishtirok etgani haqida xabar bergan edi.