Dollarni narxi deyarli 15 so‘mga arzonlashdi

eʼlon qilindi
Uning qiymati 12 371,70 so‘mni tashkil qildi
Foto: Piqsels

19-dekabr kuni O‘zbekiston valyuta birjasida dollarni o‘rtacha tortilgan qiymati 14,98 so‘mga pasaydi. Bugun mamlakatning Markaziy banki uning kursini 12 371,70 so‘m darajasida belgiladi.

Eng yuqori narxda dollarni Kapitalbank va Trastbankda sotish mumkin. Eng arzon narxda esa dollarni Aloqabank, hamda Hayotbank sotmoqda.

Umuman olganda, O‘zbekistonning moliya institutlari AQSh valyutasini 12 325 – 12 380 so‘mdan xarid qilishmoqda va 12 410 – 12 450 so‘mdan sotishmoqda.

Avvalroq, «Kursiv» 18-dekabr kuni dollarning qiymati 9,19 so‘mga ko‘tarilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek