Mirziyoyev Xitoydagi zilzila qurbonlariga hamdardlik bildirdi
eʼlon qilindi
Tabiiy ofat 100 dan ortiq odamning hayotiga zomin bo'ldi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinga Gansu va Tsinxay provinsiyalarida sodir bo‘lgan zilzilaning halokatli oqibatlari munosabati bilan hamdardlik bildirdi.
Davlat rahbari halok bo‘lganlarning yaqinlariga hamdardlik so‘zlarini yetkazdi, jabrlanganlarga sog‘ayishini tiladi.
Zilzila 18-dekabrdan 19-dekabrga o‘tar kechasi mamlakat shimoli-g‘arbida sodir bo‘lgan. Yer silkinishlari magnitudasi 6,2 ga yetdi. Tabiiy ofat 118 ga yaqin odamning hayotiga zomin bo‘ldi, 500 ga yaqin kishi jarohatlandi.
Bundan tashqari, yer qimirlashi Hindiston, Rossiya va Qozog‘istonda ham sezilgan.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 18-dekabr kuni Afg‘onistonda ham zilzila sodir bo‘ldi. Magnitudasi 4,1 ni tashkil etdi.