Yangiliklar

O‘zbekistonda 10 million tonnadan ortiq sement ishlab chiqarildi

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra
Foto: antpkr / Depositphotos

2023-yilning yanvar-oktyabr oylarida O‘zbekistonda 10 million tonnadan ortiq sement ishlab chiqarildi, deya xabar berdi Statistika agentligi.

2022 yilning shu davriga nisbatan mamlakatda mahsulot ishlab chiqarish 3,7 foizga oshgan.

Avvalroq, «Kursiv» Markaziy Osiyodagi eng yirik sement ishlab chiqaruvchi zavod Samarqand viloyatida qurilishi haqida yozgan edi.