2023-yil iyul oyi boshida Rossiya fuqarolari O‘zbekiston iqtisodiyotiga 9,3 mlrd dollar sarmoya kiritdi, investitsiyalarning 90% to‘rtta neft-gaz loyihasiga to‘g‘ri keldi, deb yozadi «Kommersant».
Rossiya sarmoyasini jalb qilish bo‘yicha yetakchi Qozog‘iston – 13 mlrd dollar, O‘zbekiston ikkinchi, Belarus esa 5,6 mlrd dollar bilan uchinchi o‘rinni egalladi.
Bahorda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Rossiyaning O‘zbekiston iqtisodiyotidagi sarmoya portfeli 28 mlrd dollarga baholanganini aytgan edi.
Eslatib oʻtamiz, iyul oyi boshida Oʻzbekistonda Rossiya kapitali ishtirokidagi 2 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritgan.
Avvalroq, «Kursiv» Rossiyaning O‘zbekiston iqtisodiyotiga kiritgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri sarmoyalari 2022-yilning birinchi yarmida 8,8 mlrd dollarga yetganini yozgan edi.