Yangiliklar

Shavkat Mirziyoyev: O‘zbekiston 500 mln dollarlik yevrobondlar joylashtiradi

2024-yilda
Foto: Shutterstock

2024-yilda O‘zbekiston 500 mln dollarlik yevrobondlar joylashtiradi.Bu haqda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ma’lum qildi.

Kelgusi yilda 1-yanvardan mikromoliyaviy banklar faoliyatini yo‘lga qo‘yish hisobiga moliyaviy xizmatlar hajmini 30% oshirish rejalashtirilgan.

Shuningdek, mutasaddi idoralar «Oilaviy tadbirkorlik» dasturi doirasida xususiy sektorni 50 mln so‘mgacha bo‘lgan garovsiz kreditlar bilan rag‘batlantirishni maqsad qilgan. Ular o‘z kichik biznesini ochganlarga beriladi. Nomzod yaxshi kredit tarixiga ega bo‘lishi kerak.

Shuningdek, korxonasini kengaytirish istagida bo‘lganlarga 100 mln so‘mgacha mablag‘ ajratiladi.

12-oktabr holatiga ko‘ra, O‘zbekiston yevrobondlari bo‘yicha dollardagi eng yuqori daromadlilik muddati 2031-yilda tugaydigan qimmatli qog‘ozlar bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.