Shimoliy Koreya Xvason-18 raketasini uchirdi
Shimoliy Koreya AQSh va Janubiy Koreyaning harakatlariga javoban Xvason-18 ballistik raketasini sinovdan o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda Koreya markaziy axborot agentligi (KMAA).
Snaryad 1 soatu 13 daqiqada maksimal 6,5 ming km balandlikda ming kilometrdan ortiq masofani bosib o‘tdi.
Kim Chen Inning ta’kidlashicha, bu AQShning mumkin bo’lgan harakatlariga tayyor ekanligining namoyishi.
Shimoliy Koreya Mudofaa vazirligi AQSh Janubiy Koreya bilan harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazib, Koreya yarim oroli yaqinida harbiy texnika, jumladan bombardimonchi samolyotlar va yadroviy suv osti kemalarini joylashtirish orqali mintaqadagi beqarorlik uchun javobgar ekanligini bildirdi.
Bir necha kun oldin Shimoliy Koreya Yapon dengizi tomon snaryad otdi. Uzoq masofaga uchuvchi raketa Toshkent vaqti bilan 4:24 da uchirilgan.
Avgust oyi oxirida «Kursiv» Janubiy Koreyaga yadro zarbasini taqlid qilish uchun mo‘ljallangan mashq haqida yozgan edi: ikkita ballistik raketa «nishon» maketlaridan 400 metr balandlikda yo‘q qilindi.