Toshkentda korrupsiyaga qarshi monument paydo bo‘ldi

eʼlon qilindi
Bosh muharrir o‘rinbosari
Ochilish marosimida O‘zbekiston prezidenti va Qatar amiri ishtirok etdi
Foto: Oʻzbekiston prezidenti matbuot xizmati

Poytaxtimizda Tashkent city xalqaro ishbilarmonlik markazi hududida xalqaro hamjamiyatning korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi sa’y-harakatlarini aks ettiruvchi monumentning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Tadbirda O‘zR prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qatar amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy ishtirok etdi.

«Kafti ochiq qo‘l ko‘rinishida metalldan ishlangan ushbu o‘n ikki metrlik kompozitsiya halollik, pok amal va niyatlarni, korrupsiyaga nisbatan mutlaq toqatsizlikni, dunyoning barcha mamlakatlarini unga qarshi kurashishda birlashishga chaqiriqni anglatadi», — deyiladi xabarda.

Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekiston Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi davlat idoralarining aholi bilan qanday muloqotda bo‘layotganini tekshiradi deb yozgan edi.

Shuningdek