Uzum Tezkor restoranlardan taomlarni buyurtma qilish uchun Telegram bot ishga tushirdi
Endilikda Toshkent va Andijon shaharlari aholisi Uzum Tezkor Telegram boti orqali kafe va restoranlardan taomlarga buyurtma berishlari mumkin, deb xabar qildi kompaniya matbuot xizmati «Kursiv»ga.
Dekabr oyi oxirigacha Uzum Tezkor Telegram boti orqali buyurtma qilinganda yetkazib berish bepul.
«O’zbekistonliklar Telegram’dan ishdan tortib xarid qilish yoki ofisga tushlik buyurtma qilishgacha bo’lgan turli vazifalarni hal qilish uchun foydalanishga odatlangan. Mamlakat aholisining 80 foizi aynan shu messenjerdan foydalanadi», — deydi Uzum Tezkor mahsulot va texnologiyalar bo’yicha direktori Ruslan Namazov.
Hozir servis boti orqali EVOS, Oqtepa Lavash, KFC, Max Way, Feed Up, Les Ailes restoranlaridan yetkazib berishni buyurtma qilish mumkin.
Avvalroq, «Kursiv» Uzum ekotizimi Oʻzbekistondagi eng xususiy soliq toʻlovchilaridan biriga aylangani haqida yozgan edi.