Xitoydagi zilzila oqibatida 100 dan ortiq odam halok bo‘ldi
eʼlon qilindi
Magnitudasi 6,2 deb baholandi

Xitoyning Jishishan okrugida 6,2 magnitudali zilzila yuz berdi. 100 dan ortiq odam halok bo’ldi, deya xabar beradi Sinxua agentligi.
Zilzila dushanba kuni Pekin vaqti bilan 23:59 da sodir bo’lgan. Zilzila epitsentri Lyagou qishlog‘ida joylashgan bo‘lib, u qo‘shni shaharlarda ham sezilgan. Shu sababdan ushbu aholi punktlaridagi ayrim turar-joy binolari qulab tushgan.
Sinxua agentligiga ko‘ra, 111 kishi halok bo‘lgan. Reuters axborot agentligi 118 mahalliy aholining halok bo‘lgani haqida xabar berdi.
Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekistondagi zilzilalar haqida yozgan edi. 14-dekabr kuni Farg‘ona viloyati aholisi yer silkinishini his qildi, zilzila epitsentri Qirg‘izistonda bo‘lgan.