«Angren logistika markazi» fond birjasi listingiga kiritildi
eʼlon qilindi
Kompaniya ALMZ tikerini oldi

«Toshkent» Respublika fond birjasi «Angren logistika markazi» AJ qimmatli qog‘ozlari kotirovkalash varag‘iga kiritilgani haqida xabar berdi.
Kompaniyaning oddiy aksiyalari ALMZ aksiya tikerini oldi. Savdo maydonchasi boshqaruvi 19-dekabr, seshanba kuni qaror qabul qildi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning yozida «Angren logistika markazi»ning 100% davlat ulushi sotuvga qo‘yilgan edi. Kompaniyaning asosiy faoliyati tovarlarni tashish va saqlashdir.
Avvalroq, «Kursiv» «O‘zbekinvest» sug‘urta kompaniyasi aksiyalari birja kotirovkalari ro‘yxatiga kiritilgani haqida e’lon qilgan edi.