Yangiliklar

G7 2024-yilda uchinchi davlatlardan Rossiya olmoslarini olib kirishni taqiqlaydi

Toshlarning kelib chiqishini kuzatish mexanizmi ishlab chiqiladi
Foto: Unsplash

G7 davlatlari uchinchi mamlakatlarda kesilgan Rossiya olmoslarini import qilishni taqiqlaydi. Cheklov 2024-yil 1-martdan kuchga kiradi, deb xabar berdi «Interfaks».

Bahorga qadar «Katta yettilik» mamlakatlari qimmatbaho toshlarni qazib olish va kesish joylarini kuzatish uchun tajriba mexanizmini ham ishga tushiradi. Ular sentabr oyida uni to‘liq ishga tushirishni rejalashtirmoqda.

G7 a’zolari 2024-yil 1-yanvardan boshlab Rossiyadan olmos olib kirishga toʻgʻridan-toʻgʻri taqiq joriy qiladi. 1-sentabrdan boshlab u sintetik olmoslar, zargarlik buyumlari va soatlarga ham tatbiq etiladi.

«Kursiv» avvalroq yozganidek, dekabr oyida Buyuk Britaniya Rossiya olmoslarini import qilishni taqiqlagan.

G7 – AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Kanada, Fransiya va Yaponiyani birlashtirgan xalqaro klub.