Rossiyaning «Samolyot Plus» kvartira yechimlari xizmati boshqa mamlakatlar, jumladan, O‘zbekiston bozorlariga chiqish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda, dedi kompaniya asoschisi Dmitriy Volkov.
Uning qo‘shimcha qilishicha, «Samolyot Plus» xalqaro kengayishni boshlash niyatida. 2024-yilda MDH davlatlari, Osiyo, Shimoliy Afrika va Yaqin Sharq bozorlariga chiqish rejalashtirilgan.
«Samolyot Plus» 2013-yildan beri ishlaydi. 2017- yilgacha kompaniya Ufa shahrida (Bashqirdiston) ofisiga ega mintaqaviy ko‘chmas mulk agentligi sifatida faoliyat yuritgan. Kompaniyaning ko‘chmas mulk bozoridagi asosiy faoliyati brokerlik (vositachilik xizmatlari) va konsaltingdir.
O‘tgan yilning fevral oyida kompaniya turar-joy va tijorat ko‘chmas mulklarini qurish va sotish bilan shug‘ullanadigan «Samolyot» guruhi tarkibiga kirdi.
Avvalroq, «Kursiv» rossiyalik FSK kompaniyasi boshqa davlatlar, jumladan, O‘zbekiston va Tailand bozorlariga chiqish niyati borligini yozgan edi.