Samarqand va Xorazmda tramvay va trolleybuslarda yo‘l haqini to‘lash avtomatlashtiriladi

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
Vazirlar Mahkamasi qaror qabul qildi
Foto: Stv.uz

Samarqand va Xorazm viloyatlarida tramvay va trolleybus yo‘lovchilariga xizmat ko‘rsatish sifati yaxshilanadi. Vazirlar Mahkamasi qaror qabul qildi.

2024-yil 1-yanvardan tramvay yoki trolleybuslarda yo‘l haqini to‘lash tizimi avtomatlashtiriladi.

Kelgusi yilning 1-iyuniga qadar viloyatlar hokimliklari va Transport vazirligi fuqarolarni yo‘l haqini to‘lashning elektron usulidan foydalanishga undaydigan tariflarni ishlab chiqishi kerak.

Bundan tashqari, Transport vazirligi yangi marshrutlarni yaratishi, elektr transporti ulushini oshirishi, shuningdek, uning infratuzilmasini yaxshilash dasturini ishlab chiqishi kerak.

Bir oy muddatda boshqarmada «yashil transport», jumladan, tramvay va trolleybuslarni rivojlantirish bo‘limi tashkil etilishi kerak.

Avvalroq, «Kursiv» «eski» Toshkentdan «yangi»ga tramvay va metro orqali borish mumkinligi xabar qilingan edi.

Shuningdek