UzAirways yangi Airbus A320neo laynerini oldi
19-dekabr kuni UzAirways yangi Airbus A320neo havo kemasini yo‘lovchi tashish uchun qabul qildi. Bu tashuvchi parkidagi ushbu turdagi yettinchi samolyotdir.
U BOC Aviation Limited kompaniyasidan uzoq muddatli lizing asosida sotib olingan. Fransiyaning Tuluza shahridagi Airbus zavodida samolyot zarur texnik va parvoz tekshiruvlaridan o‘tdi.
UzAirways rahbari Shuhrat Xudayqulovning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya joriy yil oxirigacha yana bitta Airbus A320neo samolyotini oladi.
«Yangi yil arafasida fransuz ishlab chiqaruvchisining beshta havo kemasini xarid qilish bo‘yicha yillik rejasi muvofiq yana bir Airbus A320neo yetib kelishini kutmoqdamiz»- dedi Xudoyqulov.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq UzAirways Myunxenga parvozlar uchun chiptalar narxini 20% pasaytirgan edi. Chegirmalar kelasi yilning fevral oyi oxirigacha amal qiladi.
O‘tgan yilning noyabr oyida O‘zbekiston Fransiyadan 815,3 mln yevroga 17 ta samolyot va ikkita vertolyot xarid qilishi haqida xabar berilgan edi.