Yangiliklar

AQSh 100 dan ortiq O‘zbekiston fuqarolarini deportatsiya qildi

O‘zbekistonliklar bu davlatga noqonuniy yo‘llar bilan kirishga uringan
Foto: Laflota/Depositphotos

Amerika hukumati 119 nafar Oʻzbekiston fuqarosini oʻz vataniga deportatsiya qildi, deb xabar qilmoqda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi.

O‘zbekiston fuqarolari AQShga noqonuniy yo‘llar bilan kirishga uringan. Qolaversa, ularning asosiy qismi bu mamlakatga Meksika orqali borishni istashgan.

Joriy yilning avgust oyi oxirida Amerika OAVlari o‘zbekistonliklarning AQShga yetib borishiga IShID tarafdori yordam berdi deb xabar bergan edi. Keyinroq Oq uy maʼmuriyati terrorchilarning mamlakatga kirib kelganiga oid belgilar yoʻqligini ma’lum qildi.

O‘tgan yil oxirida Meksika orqali AQShga kirgan noqonuniy muhojirlar soni 2 mln kishidan oshdi. Joriy yilning may oyi holatiga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 1,2 mlndan ortiqni tashkil qilgan.

Avvalroq, «Kursiv» o‘tgan yil oxirida Meksikada yetti nafar vatandoshimiz ozod etilgani haqida yozgan edi.