Yangiliklar

“Biokimyo” Toshkent fond birjasi ro‘yxatiga kiritildi

Kompaniya spirtli ichimliklar ishlab chiqarish va eksport qilish bilan shug‘ullanadi
Foto: Thomaspajoyt/Depositphotos

«Toshkent» Respublika fond birjasi (RFB) boshqaruvi «Biokimyo» AJ qimmatli qog‘ozlarini kotirovka varag’iga kiritishni ma’qulladi.

Qaror 20-dekabr, chorshanba kuni qabul qilindi. 21-dekabrdan boshlab kompaniyaning oddiy aksiyalari QQBK tikeri bilan savdo qilinmoqda.

«Biokimyo» 2007-yildan buyon faoliyat yuritib, spirtini ishlab chiqarish va Markaziy Osiyo mamlakatlariga eksport qilish bilan shug‘ullanadi. Joriy yilning noyabr oyi oxirida korxonaning nazorat paketi O‘zbekistonning «Mega Comfort Business» kompaniyasi tomonidan 118 mlrd so‘mga sotib olindi.

Avvalroq, «Kursiv» «Angren Logistika Markazi» AJ oddiy aksiyalari birja kotirovkalari ro‘yxatiga kiritilgani haqida yozgan edi.