Yangiliklar

OAV: Xitoy robototexnika rivojiga tobora ko‘proq ahamiyat bermoqda

Hozirda mamlakat avtomatlashtirish darajasi bo‘yicha dunyoda beshinchi o‘rinda turadi
Foto: Unsplash

O‘tgan yil davomida dunyoda o‘rnatilgan sanoat robotlarining yarmi Xitoyniki edi. The Economist ma‘lumotlariga ko‘ra, mamlakat ushbu texnologiyani rivojlantirishga tobora ko‘proq ahamiyat bermoqda.

Xitoy korxonalarida o‘rnatilgan ko‘plab robotlar ishlab chiqarish liniyalarida komponentlarni yig‘ish, payvandlash va burg‘ulashda yordam beradigan «mexanik qo‘llar» deb ataladi.

Bundan tashqari, Xitoyda xizmat ko‘rsatuvchi robotlar ishlab chiqarish ko‘paymoqda. Bularga logistika va oziq-ovqat tayyorlash bilan bog‘liq mexanizmlar kiradi.

Nashr qayd etishicha, Xitoy hozirda avtomatlashtirish darajasi va bir ishchiga to‘g‘ri keladigan robotlar soni bo‘yicha dunyoda beshinchi o‘rinda turadi. Mamlakat bu sohani yanada rivojlantirishni rejalashtirmoqda, deydi jurnalistlar, chunki mahalliy rasmiylar Xitoy XIX-asrda yangi texnologiyalardan voz kechganligi sababli Gʻarb davlatlaridan ortda qolgan, deb hisoblashadi.

The Economist nashrining ta’kidlashicha, Xitoyning so‘nggi oʻn yilliklardagi katta iqtisodiy oʻsishiga uchta omil sabab boʻlgan: shaharlarda ish kuchining kengayishi, samaradorlikning oshishi va kapital toʻplanishi. Ammo keyingi rivojlanish yangi texnologiyalarni talab qiladi, chunki mamlakatda mehnatga layoqatli aholi soni kamayadi. Xitoy rasmiylari muammoning yechimini robotlashtirishda ko‘rmoqda. COVID-19 pandemiyasi bu fikrni mustahkamladi.

Avgust oyida Pekin robotlarni rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etilishini e’lon qilgan edi. Moliyalashtirish 10 mlrd yuanga (1,4 mlrd dollar) baholanmoqda. Shu tariqa, rasmiylar robotlarni ishlab chiqish va ishlab chiqarish bo‘yicha mahalliy o‘zini o‘zi ta‘minlaydigan kompaniyalarni yaratishni rag‘batlantirishga harakat qilmoqda.

Avvalroq, «Kursiv» Amerika Qo‘shma Shtatlarida xizmat ko‘rsatish robotlaridan foydalanish amaliyoti haqida e’lon qilgan edi.