O‘ttiz uchta sigir O‘zbekistonga kelishadi

eʼlon qilindi
Krasnoyarsk o‘lkasidan
Foto: Rosselxoznadzor

«Kansk nav sinov stansiyasi» AJ tomonidan Krasnoyarsk oʻlkasining Kanskiy tumanidan Oʻzbekistonga 33 bosh nasldor sigir joʻnatildi, deb xabar bermoqda «Rosselxoznadzor».

Jo‘natilishdan oldin sigirlar bir oy karantinda bo‘lib, ular veterinariya shifokorlari tomonidan tekshirilgan.

Kuni kecha Rossiya-Qozog‘iston chegarasidagi «Karasukskiy» xalqaro bojxona postidan qoramollar o‘tdi.

Avvalroq, «Kursiv» Rosselxoznadzor «Saratov ptitsekombinat Kurnikov» mahsulotlarini O‘zbekistonga eksport qilishni taqiqlagani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek