O‘zbekistonning tovar ayirboshlash hajmi 57 mlrd dollardan oshdi

eʼlon qilindi
Yil davomida bu ko‘rsatkich chorakga yaqin o‘sdi
Foto: Unsplash

2023-yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekiston boshqa davlatlar bilan 57,3 mlrd dollarlik savdo aylanmasini amalga oshirdi, deyiladi Statistika agentligi hisobotida.

O‘tgan yilga nisbatan tashqi savdo aylanmasi hajmi 26,2%ga, pul ekvivalentida 11,9 mlrd dollarga oshdi.

2023-yilda eksport ko‘proq (30%ga) o‘sganiga qaramay, uning savdo aylanmasidagi ulushi (23,2 mlrd dollar) hali ham importga nisbatan kam.

O‘zbekiston 34,1 mlrd dollarlik mahsulot import qildi, o‘tgan yilga nisbatan o‘sish sur’ati 23% tashkil etdi.

O‘zbekiston bilan tovar ayirboshlash hajmi bo‘yicha birinchi ikki o‘rinni Xitoy va Rossiya, keyin esa Qozog‘iston, Turkiya va Janubiy Koreya egallashgan. Birinchi o‘ntalikka Yevropaning ikki davlati ham kirdi: Germaniya 7-o‘rinda va Fransiya 9-o‘rinda.

Eslatib o‘tamiz, 2023-yilning o‘n oyida O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 4,8 mlrd dollarni tashkil etdi, bu o‘tgan yilga nisbatan 36%ga ko‘proqdir.

Shuningdek