O‘zbekistonning yangi elchisi Eronga yetib keldi
eʼlon qilindi
Bungacha bu lavozimni Bahodir Abdullayev egallagan
O‘zbekistonning Erondagi yangi Favqulodda va Muxtor elchisi Fariddin Nasriev Tehronga keldi.
Oldin bu lavozimni Bahodir Abdullayev egallab kelgan — u bu lavozimda sakkiz yilga yaqin ishlagan — 2015-yildan.
Nasriev 1999-yildan bank sohasida ishlagan, 2003-yildan esa Tashqi ishlar vazirligiga oʻtgan, Belgiya va NATOdagi diplomatik missiyalar tarkibida ishlagan.
2018–2023-yillarda O‘zbekistonning Qozondagi Bosh konsulligini boshqargan.
Avvalroq, «Kursiv» O‘zR’ning Ispaniyaga yangi elchisi tayinlangani haqida xabar bergan edi.