Pepsi aksiz solig‘i joriy etilishi ehtimoli tufayli O‘zbekistonda zavodlar qurilishini muzlatib qo‘ydi

eʼlon qilindi
Bu haqda PepsiCo Bottler in Uzbekistan innovatsiyalar bo‘yicha direktori ma’lum qildi
Foto: Piqsels

Pepsi O‘zbekistonda alkogolsiz ichimliklarga aksiz solig‘i joriy etilishi rejalashtirilgani sababli mamlakatda ikkita zavod qurilishini to‘xtatdi. Bu haqda «Kursiv» nashriga PepsiCo Bottler in Uzbekistan kompaniyasining innovatsiyalar bo‘yicha direktori Muzaffar Salijanov ma’lum qildi.

Salijanovning soʻzlariga koʻra, Samarqand viloyatining Jomboy tumanida amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalardan biri Oʻzbekiston iqtisodiyotiga 120 million dollar sarmoya jalb etishi mumkin edi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda shirin gazlangan ichimliklarning litri uchun 500 so‘m miqdorida aksiz solig‘ini joriy etish imkoniyati ko‘rib chiqilmoqda. Tashabbus kelasi yilning aprel oyi boshidan joriy etilishi mumkin.

Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekistonda energetik ichimliklarga aksiz solig‘i joriy etilishi sabablari haqida yozgan edi.

Shuningdek