«Poshyol na @#%…» – Kusherbayev ikkinchi marta rossiyalik siyosatchilarni O’zbekiston haqidagi so‘zlari uchun uzoqroqqa junatdi

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
Bu gal Rossiya yozuvchisi Zaxar Prilepinning O‘zbekistonning Rossiya Federatsiyasi tarkibiga qo‘shilishi haqidagi so‘zlari sabab bo‘ldi
Foto: O‘zLiDeP

Tabiiy resurslar vaziri maslahatchisi Rasul Kusherbayev rossiyalik siyosatchi va yozuvchi Zaxar Prilepinning O‘zbekistonning Rossiyaga qo‘shilishi haqidagi so‘zlariga keskin munosabat bildirdi.

Janob Prilepin va O‘zbekistonni bosib olmoqchi bo‘layotgan boshqalarga birinchidan, o‘z tilida «poshyol na x…»— yozadi Kusherbayev o‘zining Telegram-kanalida.

Avvalroq, Prilepin Rossiya Federatsiyasidagi muhojirlar, shuningdek, sobiq ittifoq davlatlarining Rossiya tarkibiga qo‘shilishi haqida gapirgan edi. U muhojirlar bilan bog‘liq muammolardan xalos bo‘lish uchun rossiyaliklarni ko‘proq o‘g‘il tug‘ishga chaqirdi.

«Ko‘proq farzand ko‘ring, yangi erkaklar tug‘ing va bu mavzu endi mavjud bo‘lmaydi. Ruslar qanchalik ko‘p bo‘lsa, yangi kelganlarning noto‘g‘ri xatti-harakatlari bilan bog‘liq muammolar kamroq bo‘ladi. Darhaqiqat, men hali ham sidqidildan qo‘llab-quvvatlayman, bu hududlardan bizga kelgan musofirlar, shunchaki, Rossiya hududiga to‘liq qo‘shib olinishi va ularga rus tilini joyida o‘rgatish, Rossiyada emas, balki O‘zbekistonda o‘qitish kerak» – dedi Zaxar Prilepin.

Uning fikricha, Rossiya Federatsiyasi mustaqil davlatlarning yerlariga daʼvo qilishi mumkin, chunki ularning koʻp sonli fuqarolari Rossiya Federatsiyasiga koʻchib kelgan.

«Men hazillashayotganim yo‘q. Biz ushbu mavzuni ko’taramiz, Sovet Ittifoqining parchalanishi haqidagi hujjatlarni rad etamiz, bu bizga istalgan vaqtda gapirishga imkon beradi: “Sizning ikki mln fuqarolaringiz bizning hududimizda ekan, biz sizning hududingizga da’vo qilamiz. Chunki sizlarning ko‘pchiligingiz shu yerda va ular allaqachon ovoz berishgan», deb ta’kidladi yozuvchi.

Kusherbayevning ta’kidlashicha, rossiyalik siyosatchilarning bunday so‘zlari soni ortib bormoqda.

«Rasmiy Kreml mamlakat va xalqlar o‘rtasida urush va adovatni qo‘zg‘ayotgan bu kabi shovinistlarga nisbatan qonuniy choralar ko‘rishi kerak. Aks holda O‘zbekistonni bosib olish bu ko‘pchilik tomonidan Kremlning kelajakdagi strategik rejasi sifatida qabul qilinadi»— dedi vazir maslahatchisi.

Bundan tashqari, Kusherbayev O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligini «uyg‘onib, bu borada rasmiy nota yuborishga» chaqirdi.

Avvalroq, vazir maslahatchisi «Spravedlivaya Rossiya» partiyasi raisi Sergey Mironovning boshqa davlat fuqaroligiga ega bo‘lgan rossiyaliklar Ukrainadagi urushda qatnasha olishi kerakligi haqidagi so‘zlariga ham munosabat bildirgan edi.

Shuningdek