Yaman husiylarining Qizil dengizdagi tankerga yaqinda uyushtirgan hujumi jahon neft bozoriga ta’sir qilishda davom etmoqda. Chorshanba kuni oxirida xomashyo narxi oshishi davom etdi, deya xabar beradi Reuters.
Brent neftining bir barreli narxi 0,6%ga oshib, 79,7 dollar tashkil qildi. West Texas Intermediate nefti 0,4%ga qimmatlashdi: uning bir barreli hozirda 74,22 dollar turadi.
Sarmoyadorlar husiylarning Qizil dengizdagi tankerga yaqinda uyushtirgan hujumi tufayli xomashyo tashishdagi uzilishlardan ehtiyot bo‘lishmoqda. «Kursiv» yozganidek, voqea dekabr oyining o‘rtalaridan beri bozorga ta‘sir qilmoqda.
Hatto Yaqin Sharqdagi mojaro yengillashgani haqidagi ma’lumotlar ham narxlarning oshishini to’xtata olmadi. Bir kun avval Isroil Falastinning XAMAS harakatiga bir haftalik sulh taklif qilgani haqida ma’lumot paydo bo‘ldi.
Chorshanba kuni Gretsiya tijorat kemalariga Qizil dengizdagi Yaman dengiz suvlaridan uzoqroq yurishni tavsiya qildi.