O‘zbekistonda har yili madaniyat va san’atga 100 mlrd so‘m ajratiladi

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
2024-yildan boshlab
Foto: Prezident matbuot- xizmati

O‘zbekistonda 2024-yildan boshlab madaniyat va san’atni rivojlantirishga har yili 100 mlrd so‘m yo‘naltiriladi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida ma’lum qildi.

«Mamlakatimiz o‘z taraqqiyotining yangi, yuksak bosqichiga kirayotgan hozirgi paytda bizga jadid bobolarimiz kabi g‘arb ilm-fan yutuqlari bilan birga, milliy qadriyatlar ruhida tarbiya topgan yetuk kadrlar suv bilan havodek zarur»- dedi davlat rahbari.

Davlatimiz rahbari jadidchilik g‘oyalari bugungi O‘zbekiston siyosatiga mos kelishini yana bir bor eslatdi.

«Bu kimgadir yoqadimi yoki yo‘qmi, xalqimiz jadid bobolarimiz ko‘rsatib bergan yo‘ldan og‘ishmay borishi kerak. Chunki ularning g‘oya va dasturlari Yangi O‘zbekistonni barpo etish strategiyasi bilan har tomonlama uyg‘un va hamohangdir»- so‘zladi prezident.

Shuningdek