O‘zbekistonda o‘tgan yil davomida madaniy meros obyektlari va ularga tutash hududlarda 160 ta qonunbuzarlik holatlari qayd etilgan. Natijada ularning 25 nafariga nisbatan jinoyat ishi ochilgan.
Yodgorliklarga yetkazilgan zarar 28 mlrd so‘mdan ortiq deb baholandi.
Shuningdek, bojxona xizmatlari tomonidan umumiy qiymati 1,6 mlrd so‘mlik 2036 nomdagi madaniy boyliklarning mamlakatimizdan noqonuniy olib chiqib ketilishiga chek qo‘yildi. Ular yuzasidan 210 ta ekspert xulosasi tayyorlandi.
2023-yilda 5,2 mingta Madaniy meros ko‘chmas mulk obyektlariga muhofaza belgilari o‘rnatildi, 6,7 mingta ob’ektga jamoatchilik inspektorlari biriktirildi.
O‘tgan yili madaniy meros obidalarini restavratsiya qilish uchun 75 mlrd so‘m sarflanishi ma’lum qilingan edi.
Eslatib o‘tamiz, Og‘a Xon jamg‘armasi Samarqanddagi Bibixonim masjidi va Buxorodagi Kalyan minorasini ta’mirlash uchun jalb qilingan.