Yangiliklar

Turkiya Markaziy banki bu yil yettinchi marotaba bazaviy stavkani oshirdi

42%dan oshdi
Foto: Unsplash

Turkiya markaziy banki asosiy foiz stavkasini 42,5%ga oshirdi. Moliyaviy tashkilot bir yil ichida yettinchi marta bunday choralarga murojaat qildi.

Mamlakat banki pul-kredit siyosatini qat’iylashtirishni imkon qadar tezroq yakunlashga umid qilishini bildirdi, chunki inflyatsiyani pasaytirish bo’yicha maqsad deyarli amalga oshirildi.

Turkiyada inflyatsiya 2022-yildan beri yuqoriligicha qolmoqda. Sentabrda 61,53%, oktabrda 61,36% tashkil etdi.

Avvalroq, «Kursiv» yil boshida sodir bo‘lgan vayronkor zilzilalar tufayli Turkiya iqtisodiyoti yalpi ichki mahsulotining (YAIM) 10% yo’qotishini yozgan edi.