UzAuto sayti kontraktatsiya ochilgandan keyin ishlamay qoldi
eʼlon qilindi
Ayni paytda kompaniyaning veb-sayti ishlamayapti

UzAuto o‘z platformasida muammolar haqida xabar berdi. Taxminan ikki soat oldin Chevrolet Cobalt, Damas va Labo avtomobillari uchun qo‘shimcha shartnomalar ochildi.
«UzAutoSavdo platformasi faoliyatida texnik nosozlik sababli uzilishlar kuzatilmoqda», — deyiladi avtomobil ishlab chiqaruvchisi matbuot xizmati xabarida.
Ayni paytda kompaniyaning veb-sayti ishlamayapti. Tashkilot mutaxassislar muammolarni bartaraf etishga harakat qilayotganini ta’kidladi.
Avvalroq, soat 12:00da Chevrolet Cobalt, Damas va Labo avtomobillari uchun 2024-yilgi shartnomalar ochilishi haqida xabar berilgan edi. Hujjatlarni qabul qilish onlayn tarzda amalga oshiriladi.