Xodimlarni qisqartirish qarori Nike aksiyalari narxining pasayishiga olib keldi

eʼlon qilindi
Qimmatli qog'ozlar narxi 11%ga arzonlashdi
Foto: ChinaImages/www.depositphotos.com

Nike xodimlarni ishdan bo‘shatish va xarajatlarni 2 mlrd dollargacha kamaytirishga qaror qilganidan keyin kompaniya aksiyalari deyarli 11%ga pasaydi, deya xabar berdi The Wall Street Journal.

Bu yil kompaniya mahsulotlariga past talabga duch keldi va boshqa brendlar bilan raqobat kuchaydi.

Nike kompaniyasining moliyaviy direktori Mett Frend kompaniyaning raqamli platformalaridagi trafikning kamayishi va raqobatchilarning yanada muvaffaqiyatli reklama aksiyalari haqida fikr bildirdi.

Nike endi o‘z assortimentini soddalashtirib, mijozlar ehtiyojlariga javob beradigan yangi mahsulotlarni joriy etishga e’tibor qaratish niyatida.

Shu bilan birga, sentabrdan noyabrgacha Nike sotuvlari 1%ga oshdi. Jami 13,39 mlrd dollarlik mahsulot sotildi.Foyda 19%ga oshib, 1,58 mlrd dollarni yoki har bir aksiya uchun 1,03 dollarni tashkil etdi.

Avvalroq, «Kursiv» Nike New Balance kompaniyasini intellektual mulkni o‘g‘irlashda ayblaganini yozgan edi.

Shuningdek